Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingini yangiladi. Nimalar o‘zgardi?

Faollikning eng katta o‘sishini Xalq banki ko‘rsatdi, u umumiy reytingda 16-o‘rindan 12-o‘ringa birdaniga to‘rt pog‘ona ko‘tarildi. Ipoteka bank ketma-ket ikkinchi chorak uchun faoliyatining pasayishini ko‘rsatdi, shuning uchun bank uch pog‘onaga 5-o‘rindan 8-o‘ringa pasaydi. Asaka bank yirik banklar reytingini yopadi, u o‘z guruhidagi so‘nggi pog‘onani egallashda davom etmoqda.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) O‘zbekistonning 31 ta tijorat banki uchun "Banklar faollik indeksi"ni yangiladi. Uning asosida banklarning choraklik reytingi tuziladi.

Tadqiqot xususiy sektorning bank aktivlaridagi ulushi o‘zgarishlarini monitoring qilish, shuningdek, mamlakat bank sektorida olib borilayotgan islohotlar va transformatsiya jarayonlarining samaradorligini baholash maqsadida olib borilmoqda.

2022 yil 1 sentyabr holatiga respublika bank tizimining aktivlari jami 532,1 trln so‘mni (2021 yil 1 sentyabr holatiga nisbatan o‘sish 31,8 foiz), majburiyatlari 455,7 trln so‘m (+ 34,3%), kreditlar 355,5 trln. so‘m (+ 15,7%) hamda depozitlar 205,7 trln so‘m (+ 56,7%). Hozirgi kunda bank tizimida 57,8 ming kishi faoliyat olib bormoqda.

Tadqiqotda banklar ikki guruhga bo‘lingan - yirik va kichik. Guruhlarning har biri uchun alohida reyting tuzildi. Shu bilan birga, kichik banklar guruhiga faqat Toshkent shahrida (yoki faqat bitta hududda) faoliyat yurituvchi banklar kiradi.

2022 yilning III choragi uchun yirik banklar faoliyati reytingi

Kapitalbank 2022 yilning uchinchi choragida yirik banklar faoliyati reytingida yetakchilikni saqlab qolgan bo‘lsa, Hamkor bank (2-o‘rin) va Trast bank (3-o‘rin) o‘zaro o‘rin almashishdi.

17 ta yirik banklar orasida Hamkor bank ketma-ket ikkinchi chorakda o‘rtacha o‘sishni ko‘rsatdi, bank yana bir pog‘ona ko‘tarilib, umumiy reytingda 2-o‘rinni egalladi. Bank o‘z kapitalining yetarlilik natijalarini 3 punktga yaxshiladi va moliyaviy ta’minlanganlik, aktivlar va boshqarish sifati hamda likvidlilik bo‘yicha yaxshi natijalarni (+1 ball) ko‘rsatdi. Shu bilan birga, reyting natijalariga ko‘ra, bank o‘zgarishsiz qolgan moliyaviy vositachilik va rentabellik ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor qaratishi lozim bo‘ladi.

Transformatsiya jarayonida bo‘lgan yirik davlat banklaridan "Ipoteka-bank" birdaniga uch pog‘ona pastlab, reytingning 8-qatoriga tushib ketdi. Ushbu bank ketma-ket ikkinchi chorakda moliyaviy vositachilikning pasayishini ko‘rsatmoqda, bu esa muddatli depozitlarning kreditlarga nisbatini yanada oshirish, boshqa banklar va moliya institutlaridan olingan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Bankning moliyaviy likvidligining past ko‘rsatkichi yuqori likvidli aktivlarning umumiy aktivlarga nisbati pasayganligini ko‘rsatadi.

Yirik banklarning umumiy reytingida "Aziya Alyans bank" va "Qishloq qurilish bank" mos ravishda 4 va 13-o‘rinni saqlab qoldi.

Asaka bankning moliyaviy vositachiligi va kapitalning yetarliligi bo‘yicha ko‘rsatkichlari biroz yaxshilanganiga qaramay, ushbu bank umumiy reytingda hamon so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

2022 yil 3-choragi uchun kichik banklar faoliyati reytingi

14 ta kichik banklar orasida Top-3 o‘zgarishsiz qoldi, shuning uchun joriy yilning uchinchi choragida yetakchilikni Davrbank, Universal bank va Ziraat bank egallab, o‘z pozitsiyalarini yana mustahkamlamoqda.

Ushbu chorakda Tibisi bank sezilarli darajada o‘sishga erishib, u o‘z guruhida besh pog‘onaga ko‘tarildi. Xususan, moliyaviy kapitalning yetarliligi (+7) va aktivlarning sifat (+6) ko‘rsatkichlarini yaqqol yaxshiladi, bu bankning aholi va biznes vakillari bilan faol ish olib borayotganidan dalolat beradi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan chorakka nisbatan bank kapitalining yetarlilik darajasi Bazel qo‘mitasining minimal stavkasidan 2,3 baravar ko‘p (norma 0,13). Bundan tashqari, Tibisi bankning muammoli kreditlari ulushi o‘tgan chorakka nisbatan 3% ga kamaydi, bu bank tizimidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan (5%) past. Biroq, reyting natijalari shuni ko‘rsatadiki, bank boshqaruv samaradorligi va rentabelligiga alohida e’tibor berishi kerak.

O‘zbekistonda bank tizimi hali ham faol rivojlanish bosqichida va davlat banklarini xususiylashtirishga tayyorlanmoqda. Bank sektoridagi davlat ulushini 2025 yilda joriy 82 foizdan 40 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgan.

Bank tizimidagi o‘zgarishlar va raqobat muhitining o‘sishi xususiy banklarni, xususan, innovatsion moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni izlash orqali yanada rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.

Tadqiqot haqida to‘liq hisobot, metodologiya va batafsil ma’lumotni so‘rov bo‘yicha Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga olishingiz mumkin.

Bank-moliya sektori va kapital bozorini o‘rganish sektori / tel: (78) 150 02 02 (410)

Jamoatchilik bilan aloqalar va OAV bo‘limi / tel: (78) 150 02 02 (417)