J-PAL va O‘zbekiston: kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik va tajriba almashishning boshlanishi

2022y. 10-11 may kunlari Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) J-PAL Europe / Parij iqtisodiyot maktabi (PIM) bilan birgalikda "J-PAL va O‘zbekiston: kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik va tajriba almashishning boshlanishi" mavzusida ilmiy-metodik seminar tashkil etmoqda.

Ilmiy-uslubiy seminar-trening kambag‘allikka qarshi kurashish siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul davlat organlari rahbarlari va vakillari, xorijiy ekspertlar hamda ilmiy va ekspert-tahlil doiralari vakillarini birlashtiradi.

O‘zbekistonda islohotlar dasturi so‘nggi ikki yilda COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqargan salbiy oqibatlarga javob berish uchun o‘rnatildi. Fuqarolar hayoti va farovonligini asrash maqsadida ijtimoiy himoyani kuchaytirish va kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish jadallashtirildi. Bugungi kunda sog‘liqni saqlash va ta’limni rivojlantirishga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.

So‘nggi yillarda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasida “temir”, “ayollar” va “yoshlar daftarlari”, mahallalar kontekstida ish yuritish uslublari (“mahallabay” tizimi) joriy etilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar soni ikki baravar ko‘paydi, ularning moddiy ta’minoti oshirildi. Kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqalari joriy etildi, bolalar uchun yosh chegarasi esa 14 yoshdan 18 yoshgacha, nafaqa to‘lash muddati 6 oydan 1 yilgacha oshirildi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya davrida O‘zbekistonda 5,2 millionga yaqin kishi moliyaviy yordam olgan.

2026 yil oxirigacha o‘ta kambag‘allikka butunlay barham berish, nisbiy kambag‘allik darajasini 2 barobar kamaytirish vazifasi qo‘yildi. Bundan tashqari, daromadlar tengsizligini 2020 yildagi 7 martadan 2026 yilda 4-5 martagacha kamaytirish choralari ko‘riladi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) tashabbusi bilan tashkil etilgan Abdul Latif Jamil (J-PAL) nomidagi kambag‘allikka qarshi kurashish laboratoriyasi vakillari bilan uchrashuvda J-PAL vakillari jahonda kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlariga o‘xshash faoliyat yuritayotgan 260 ta affillangan tadqiqotchilar borligini ta’kidladilar.

Ma’lumot uchunJ-PAL – Massachusets texnologiya institutida joylashgan Global tadqiqot markazi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Nobel mukofoti laureatlari Abxijit Banerji va Ester Duflo asos solgan J-PAL bilan birgalikda kabag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha davlat dasturlari samaradorligini oshirish uchun O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida seminar tashkil etmoqda.

O‘zbekiston kambag‘allikni bartaraf etish bo‘yicha kompleks yondashuvlarni shakllantirish va rivojlantirishning dastlabki bosqichida ekanini hisobga olib, O‘zbekiston davlat dasturlarida kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha mavjud jahon tajribasini o‘rganish nihoyatda muhimdir.

Semenar davomida J-PAL vakillari O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurashishga taalluqli bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli tadqiqotlardan olingan xulosalar bilan o‘rtoqlashadilar va dalillarga asoslangan keyingi dasturlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini muhokama qiladilar.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad-kambag‘allikka qarshi kurashishning eng yaxshi jahon amaliyotlari va usullarini o‘rganish, kelgusi yillarda ijtimoiy himoya, bandlik va tadbirkorlik, shuningdek, ta’limga alohida e’tibor qaratgan holda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazishning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishdan iborat.

Xususan, turli hukumatlarning ijtimoiy dasturlarini randomizatsiyalangan nazorat qilish tajribasi, tadqiqot jarayonlarining ilg‘or tajribalarini (ilmiy faoliyat metodologiyasi va protseduralari), J-PAL bilan bog‘liq mutaxassislar tadqiqot hamkorligining salohiyatini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Semenar davomida quyidagi mavzular o‘rganiladi:

  1. Ijtimoiy himoya va maqsadlarni kuchaytirish (kambag‘allarning mablag‘larini ta’minlash uchun ko‘p qirrali dasturlar).
  2. Mehnat bozorida ta’lim dasturlari sifatini oshirish (kasb-hunar ta’limi, qidiruv to‘siqlarini kamaytirish, xalqaro mehnat migratsiyasini rag‘batlantirish).
  3. Kichik korxonalarning o‘sishini qo‘llab-quvvatlash (yuqori samarali tadbirkorlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash).
  4. Yuqori sifatli ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish (xarajatlar va rag‘batlantirish, sog‘lom ovqatlanish, talabalarning motivatsiyasini oshirish, ko‘rsatmalarni ishlab chiqish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish).

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlariga moslashtirilgan J-PAL tadqiqotlari bilan tanishish, kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish va eng yaxshi amaliyotlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan J-PAL bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan tadqiqot va siyosat bo‘yicha seminar kambag‘allikka qarshi kurashish siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul davlat organlari rahbarlari va vakillari, xorijiy ekspertlar hamda ilmiy va ekspert-tahlil doiralari vakillarini birlashtiradi

Tadbirga barcha OAV vakillari va blogerlar taklif etiladi. Ilmiy seminarda ishtirok etish istagini bildirgan barchadan shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlarini va telegramdagi xodimimiz orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi