ITIMda yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasi muhokama qilinadi

Joriy yilning 19 noyabr kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida (ITIM) yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasi muhokama qilinadi.

Davra suhbatida ITIM rahbarlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi, Oliy Majlis deputatlari va auditorlar, soliqchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasi muhokama qilinadi. Davra suhbati ishtirokchilari yangi tahrirdagi soliq kodeksining ayrim muammoli masalalari bo‘yicha o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashishlari kutilmoqda. Xususan, tadbirda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:

  • Soliq siyosati maqsadlarini baholash tamoyillari;
  • Qonunchilikdagi QQS ning o‘zgarishlari;
  • Yagona bojxona to‘lovini joriy etish.

Taqdim etilgan loyihada O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasiga muvofiq soliq qonunchiligini qo‘llash imkon qadar soddalashtirilgan. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasining ayrim muammoli masalalari bo‘yicha o‘z takliflar bilan o‘rtoqlashadilar.Tadbir davomida 2019 yilgi soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni muhokama qilinib, amaliy misollar yordamida atroflicha javoblar beriladi. Barcha manfaatdor vazirlik va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini ushbu muhokamada ishtirok etishga taklif etamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

tel: (78) 150 02 02